O‘zA O`zbek

14.09.2018 17:37 Chop etish versiyasi

Tennischilarimizni jiddiy sinovlar kutmoqda

Tennischilarimizni jiddiy sinovlar kutmoqda Tennis boʻyicha norasmiy jahon chempionati, deya eʼtirof etiladigan – “Devis kubogi“ning jahon guruhi pley-off uchrashuvida Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya terma jamoalari oʻzaro kuch sinashadi.

Yakkalik bellashuvlarda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin britaniyalik Daniel Evansga qarshi kortga chiqadi. Keyingi uchrashuv Joʻrabek Karimov va Kemeron Norrilar oʻrtasida boʻlib oʻtadi.

***

Qozogʻistonning Olmaota shahrida tennis boʻyicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi ITF turniri davom etmoqda.

Musobaqaning juftlik bahslarida hamyurtimiz Albina Xabibulina qirgʻizistonlik Kseniya Palkina bilan juftlik hosil qildi va musobaqaning finaliga yoʻl oldi.

Albina va Kseniya tandemi finalda ukrainalik Marina Chernishova hamda Isroil sharafini himoya qilayotgan Vlada Yekshibarova juftligiga qarshi kortga chiqadi.

J.Toshxoʻjayev, OʻzA
1 637