Tennischilarimiz Sanjar Fayziyev va Nigina Abduraimova Namanganda davom etayotgan an’anaviy xalqaro turnirning juftlik bahslari finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

"Fyuchers" musobaqasining yakkalik bahslarida ishtirok etayotgan Sanjar Fayziyev chorak finalda rossiyalik tennischi Markos Kalovelonisni 7:6, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va yarim finalda belaruslik Dmitriy Jirmontga qarshi kuch sinashadigan bo‘ldi.

Sanjar qozog‘istonlik Timur Habibulin bilan juftlik bahslari yarim finalida birinchi raqamda saralangan hindistonlik N.Sriram Balaji va Vishnu Vardanni mag‘lubiyatga uchratdi. Endi ular final uchrashuvida ukrainalik Vladislav Manafov va rossiyalik Denis Matsukevichga qarshi kortga chiqadi.

Xotin-qizlar o‘rtasidagi juftlik bellashuvlarida esa tennischimiz Nigina Abduraimova hamda rossiyalik Kseniya Likina final yo‘llanmasi uchun Sabina Sharipova va ukrainalik Valeriya Straxova bilan raqobatlashdi. Raqibalaridan har taraflama ustun bo‘lgan Nigina va Kseniya 7:6, 5:7, 10:8 hisobida zafar quchib, finalda rossiyalik tennischilar Olga Doroshina va Polina Monova bilan uchrashadigan bo‘ldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennischilarimiz xalqaro turnirning juftlik bahslari finaliga yo‘llanma oldi