O‘zA O`zbek

09.10.2019 Chop etish versiyasi

Tennischilarimiz musobaqani g‘alaba bilan boshladi

Tennischilarimiz musobaqani g‘alaba bilan boshladi

Qarshi shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirda birinchi davra uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro tennis federatsiyasi va mamlakatimiz tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqada vakillarimizdan tashqari Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Gruziya, Ukraina kabi davlatlardan kelgan tennischilar o‘zaro kuch sinashmoqda.

Musobaqaning birinchi davrasida yosh tennischimiz Olimjon Nabiev ukrainalik Oleg Xotkovni 6:2, 6:3, Humoyun Sultonov belaruslik Aleksandr Lianenkani 7:5, 6:3, Ibrohimjon O‘rinov esa rossiyalik Vladislav Sveridenkoni 6:2, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shuningdek, yakkalik bahslarining birinchi bosqichida vakillarimizdan Sanjar Fayziev rossiyalik Sergey Shipilov bilan, Grigoriy Korobeynikov esa belaruslik Martin Borisyuk bilan raqobatlashadi.

340
J.TOShXO‘JAEV, O‘zA