O‘zA O`zbek

30.07.2019 Chop etish versiyasi

Tennischilarimiz gʻalabalari

Tennischilarimiz gʻalabalari

Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Gruziya va Tailandda oʻtayotgan nufuzli turnirlarda vakillarimiz munosib ishtirok etmoqda.

Gruziyada oʻtkazilayotgan xalqaro turnirning birinchi davrasida qurʼa natijasiga koʻra, ikki hamyurtimiz Olimjon Nabiyev va Joʻrabek Karimov oʻzaro toʻqnash keldi.

Keskin va murosasiz oʻtgan bahsda Joʻrabek yosh tennischimizni 6:4, 6:3 hisobida magʻlubiyatga uchratdi va ikkinchi davrada belaruslik Aleksandr Bulitski bilan kuch sinashadigan boʻldi.

Tailandning Nontxaburi shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan erkaklar oʻrtasida oʻtayotgan “Fyuchers“ musobaqasining birinchi davrasida Sergey Fomin va Sanjar Fayziyev gʻalaba qozondi.

Ushbu bosqichda Sergey kanadalik Kelsi Stivensonga qarshi oʻyin oʻtkazib, yakunda 7:6, 6:3 hisobida zafar quchgan boʻlsa, Sanjar italiyalik Emiliano Majiolini 6:2, 6:3 hisobida dogʻda qoldirdi

3 476
Javohir TOSHXOʻJAYEV, OʻzA