Iste’dodli tennischilarimiz Turkiya va Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova Turkiyadagi xalqaro turnirning asosiy to‘r bahslari dastlabki davrasida turkiyalik Pemro O‘zgen bilan kuch sinashdi. Mazkur o‘yinda tennischimiz 6:4, 6:2 hisobida zafar quchdi. Endi S.Sharipova chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun yana bir mezbon tennischi Ayla Aksu bilan raqobatlashadi.

Qozog‘istonda o‘tkazilayotgan musobaqada qatnashayotgan Arina Fols ilk uchrashuvda ukrainalik Marina Chernishevaga qarshi kortga chiqib, 2:6, 7:5, 6:4 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Albina Xabibulina qozog‘istonlik Yekaterina Dmitrichenkoni 6:3, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Musobaqaning ikkinchi davrasida Arina rossiyalik Karine Sarkisova bilan Albina esa rossiyalik Kseniya Sharifova bilan kuch sinashadi.

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sanjar Fayziyev Qozog‘istonda o‘tkazilayotgan "Fyuchers" turkumidagi musobaqaning ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi. Sanjar dastlabki bosqichda rossiyalik Denis Matsukevichni 6:4, 3:6, 7:6 hisobida yengib, navbatdagi davrada qozog‘istonlik Roman Hasanov bilan bellashadigan bo‘ldi. S.Fayziyev, shuningdek, juftlik bahslarida rossiyalik tennischi Ivan Gaxov bilan birga birinchi davrada g‘alaba qog‘ondi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennischilarimiz bosh sovrinni ko‘zlamoqda