O‘zA O`zbek

05.02.2018 00:09 Chop etish versiyasi

Tennis musobaqalarida kimlar g‘olib bo‘ldi?

8044612164228405d531eb5d8d358b71.jpg

O‘tgan hafta davomida AQSH, Rossiya va Tayvanda tennis bo‘yicha erkaklar hamda xotin-qizlar o‘rtasida bir qator nufuzli musobaqalar o‘tkazildi.

Dastlab, AQSHda “Chellenjer” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda yaponiyalik Key Nishikori bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

U mazkur musobaqaning final uchrashuvida amerikalik Makkenzi Makdonaldga qarshi kortga chiqdi va 6:1, 6:4 hisobida zafar quchib, bosh sovrin bilan bir qatorda 100 reyting ochkosiga ega bo‘ldi.

9e31a0bf78c86dad3fecdd3e2e1eye689.jpg

Vengriyalik Timea Babosh esa Tayvanda o‘tkazilgan “Taiwan Open – 2018” turnirining finalida ukrainalik Katerina Kozlovani 7:5, 6:1 hisobida yengib, musobaqa g‘olibiga aylandi. Shuningdek, u 280 reyting ochkosini ham qo‘lga kiritdi.

b223835c74210714a329f5bed3ef4a14.jpg

Rossiyada xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan “St.Petersburg Ladiyes Trophy – 2018” turnirining finalida chexiyalik Petra Kvitova hamda fransiyalik Kristina Mladenovich o‘zaro raqobatlashdi.

Ikki set davom etgan o‘yinda Petra 6:1, 6:2 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa u Xotin-qizlar tennis uyushmasi – WTA reytingining 470 ochkosiga sazovor bo‘ldi.

1108629134.jpg


Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
9 694