Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

25.09.2017 09:47 Chop etish versiyasi

Tennis malikalari poytaxtimizda

Tennis malikalari poytaxtimizda Poytaxtimizda Xalqaro xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) tasnifiga kiruvchi “Toshkent open – 2017” xalqaro turniri boshlandi. 

O‘n to‘qqizinchi marotaba o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda yigirmadan ziyod davlatdan yuzdan ortiq raketka ustasi qatnashmoqda.

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida o‘tkazilayotgan turnirning yakkaliklar o‘rtasidagi birinchi davrasida hamyurtlarimizdan Nigina Abduraimova yaponiyalik Nara Kurumi bilan bahslashadi. Sabina Sharipova esa shveytsariyalik Shtefani Fyogelega qarshi kortga chiqadi. Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova ukrainalik Katarina Kozlovani snovdan o‘tkazadi.

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA
1 686






Все о погоде - Pogoda.uz