O‘zA O`zbek

08.08.2018 12:22 Chop etish versiyasi

TЕNNIS. Jo‘rabek Karimov ikkinchi davraga chiqdi

TЕNNIS. Jo‘rabek Karimov ikkinchi davraga chiqdi

Belarusda o‘tkazilayotgan “Fyuchers“ turkumiga kiruvchi musobaqada hamyurtimiz Jo‘rabek Karimov ikkinchi davraga chiqdi.

Turnirning uchinchi raqamli tennischisi sifatida ishtirokini boshlagan Jo‘rabek Karimov latviyalik Arturs Lazdinshni 6:4, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va navbatdagi bosqichda turkiyalik Sharp Agabigunga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.

Mazkur musobaqaning juftlik bahslarida iste’dodli tennischimiz Shonig‘matjon Shofayziyev rossiyalik Yan Bondarevskiy bilan birga mezbon tennischilari – Aleksandr Bulitski va Aleksandr Prudnikau ustidan 6:4, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.

* * *

Farg‘ona shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Fergana cup“ turnirida birinchi davra bahslari yakunlandi.

Yakkalik bahslarda ikki tennischimiz – Sergey Fomin va Iskandar Karimov o‘zaro raqobatlashdi. Unda Sergey 6:3, 7:5 hisobida zafar quchdi. Sardor Ergashev amerikalik Andrev Pereverzevni 7:6, 7:5 hisobida mag‘lub qilgan bo‘lsa, Mark Tryakshin tunislik Zakariya Ben Brahimni har ikkala setda bir xil – 6:2 hisobida yengdi.

Umidli tennischilarimizdan Olimjon Nabiyev, Aziz Dadaboyev, Timur Sottimov, Odil Karimov, Maksim Shin ilk bosqichda mag‘lubiyatga uchradi.

Qizlar o‘rtasidagi birinchi davra bahslarida Yasmina Karimjonova rossiyalik Yekaterina Bremelni 6:0, 6:1, Milana Maslenkova yosh tennischimiz Kristina Vergazovani 6:2, 6:2, Olesya Kim tojikistonlik Anastasiya Tursunovani 6:1, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.

Musobaqaning juftlik bahslarida Bekzod Rasamatov va Ibrohimjon O‘rinov tandemi chorak finalga chiqdi. Shuningdek, ilk bosqichda Odil Karimov va kanadalik Gleb Bleker, Sardor Ergashev va tunislik Zakariya Ben Brahim juftliklari g‘alaba qozondi.

J.Toshxo‘jayev, O‘zA
2 062