O‘zA O`zbek

06.08.2018 11:24 Chop etish versiyasi

TЕNNIS: Albina Xabibulina Germaniya turnirining juftlik g‘olibi

TЕNNIS: Albina Xabibulina Germaniya turnirining juftlik g‘olibi

Germaniyaning Bed Saulgau shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirning ayollar bahsiga yakun yasaldi. E’tiborli jihati, musobaqaning juftlik o‘yinlarida hamyurtimiz Albina Xabibulina bosh sovrin sohibasi bo‘ldi.

Sovrin jamg‘armasi 25 ming dollarni tashkil qiluvchi musobaqada tajribali tennischimiz belgiyalik Xelene Skolsen bilan uchinchi raqamli juftlikni hosil qilgandi. Bu juftlik musobaqaning yarim finalida turnirning birinchi raqamli juftligi - vengriyalik Anna Bondar va ruminiyalik Jakyulin Adina Kristianni 6:2, 4:6, tay-brekda 10:6 hisobida taslim etishib, finalga yo‘llanma olgandi.

Finalda Albina va Xelene bosh sovrin uchun bahsda AQSH vakilasi Chiara Shol va xorvatiyalik Lea Boshkovich juftligiga qarshi kortga chiqishdi. Bir soat-u 7 daqiqa davom etgan uchrashuvda ular 6:4, 6:2 hisobida zafar quchib, turnir g‘olibi bo‘ldi.

Oybek Yunusov, O‘zA
1 959