Guliston shahrida 18-aprel kuni taekvondo bo‘yicha jahon chempioni Dilbar Xoljigitovaga Prezidentimiz sovg‘alari topshirildi

Jahon klassik musiqa ixlosmandlari tomonidan “fortep’yano shahzodasi” deya e’tirof etilayotgan Shohruh Baxtiyorov uchun Motsart, Bax, Chaykovskiy kabi buyuk kompozitorlarning asarlaridan namunalar ijro etish yoki o‘zbek tilida so‘zlasha oladigan robot yaratgan Olimjon To‘ychiyev uchun shu yo‘nalishda betinim ilmiy izlanishlar olib borish nafas olishdek bir gap.

Gulistonlik Dilbar Xoljigitova uchun esa taekvondoning ITF turi bilan shug‘ullanish xuddi shunday odatiy hol...

Bu haqda tafsilotga berilmaslikning iloji yo‘q. To‘qqiz karra mamlakat, ikki karra Osiyo va ikki karra jahon chempioni, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori degan yuksak nomlarga sazovar bo‘lgan 20 yoshli bu qiz shu yilning mart-aprel oylarini bir umr eslab yuradigan bo‘ldi. Boisi...

Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodning jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi, o‘z iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilgan keng sharoitlar o‘zining yuksak samaralarini bermoqda.

Uch bosqichli sport tizimi – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada musobaqalari an’anaviy o‘tkazib kelinayotgani yoshlarni sportga keng jalb etish, professional sportchilarni tarbiyalashda muhim o‘rin tutmoqda. 

6C (5).JPG
Davlatimiz rahbari Islom Karimovning 2002-yil 24-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida”gi va 2004-yil 29-avgustdagi “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir.

O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilganidan buyon mamlakatimizda 1700 dan ziyod sport obyektlari barpo etildi. Ular zamonaviy sport inventarlari va malakali murabbiylar bilan ta’minlangan. Bugun mamlakatimizda 2 milliondan ziyod bola sportning 30 turi bilan muntazam shug‘ullanayotir.

Shaharu qishloqlarda bunyod etilgan shunday zamonaviy sport majmualarida bolalar sport bilan muntazam shug‘ullanib, salomatligini mustahkamlamoqda. Sog‘lom, kuchli, mard va qat’iyatli bo‘lib kamolga yetmoqda. Irodasi toblanmoqda, turmush tarzi, dunyoqarashi o‘zgarmoqda.

Buning samarasida yoshlarimiz nufuzli xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishib, Vatanimiz bayrog‘ini jahon arenalarida baland ko‘tarmoqda. Yuksak marralarni ko‘zlayotgan yigit-qizlarning g‘alabalariga shohid bo‘layotgan ota-onalar, bolalar qalbida ham sportga mehr uyg‘onmoqda. Bunday yutuqlar O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori yanada yuksalishiga xizmat qilayotir.

Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining Sirdaryo viloyati filialidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2003-2014-yillarda viloyatda jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 89 inshoot qurilib, rekonstruksiya qilingan. Uning qariyb 90 foizi qishloq joylarda qad rostlagan. Bu ishlar navqiron avlodning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda, ularning har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qilayotir.

– Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan zamonaviy shart-sharoitlarda mahoratini oshirayotgan sirdaryolik yosh sportchilar turli nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatlarga erishmoqda, – deydi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining Sirdaryo viloyati filiali direktori U.Yo‘ldoshev. – Xususan, 2014-yilda yengil atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda Ra’no Tursunboyeva oltin medalni qo‘lga kiritdi. 9-17-iyun kunlari Tailandda shashka bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida Vasfiya Berdiqulova tengsiz, deb topildi. 26-28-iyun kunlari Yaponiyada armrestling bo‘yicha tashkil etilgan Osiyo chempionatida Otabek Jabborov o‘z vazn toifasida birinchi o‘rinni egalladi.

Yosh sportchilarimizning bunday natijalarga erishishida murabbiylarning xizmati katta. Viloyatdagi 341 sport inshootlarida mingdan ziyod yuqori malakali mutaxassis 41 ming 438 o‘g‘il-qizga sportning qirqqa yaqin turi bo‘yicha saboq berayotir.

...Guliston shahri Farhod mahallasida istiqomat qiluvchi Bahodir akaning kenja qizi Dilbar Xoljigitovaga shu yil qishda Xalqaro taekvondo federatsiyasi prezidenti Choi Jung Hvadan uning I DAN qora belbog‘ sohibi bo‘lgani va o‘zining mustaqil murabbiylik faoliyatini boshlashi mumkinligi haqidagi sertifikat keldi.

Shu va boshqa olamshumul yangiliklardan batafsil boxabar bo‘lish maqsadida Gulistonga bordik. Dilbar bilan suhbatlashdik. Gapning buyog‘ini uning o‘zidan eshiting:

– Sport insonga o‘zini-o‘zi tarbiya qilishni o‘rgatadi, deyishadi. Rost ekan. O‘zimdan qiyos. Qarang, otam qo‘limdan yetaklab maktabimizda ochilgan sport to‘garagiga olib borganlariga o‘n ikki yil bo‘libdi. O‘shandayoq o‘zimni haqiqiy sportchidek his qila boshlaganman. Negaki, u yerdagi muhit, shart-sharoitlar, ustoz va murabbiylar sabog‘i meni sportning sirli olamiga olib kirdi. Jang san’ati sirlarini mohir sportchilardek chaqqon bajarish va raqibni mag‘lub etishning o‘ziga xos usullarini ilk bor o‘sha yerda o‘rgandim. Bu sport turining o‘smirlar jismoniy tarbiyasida, xususan, umurtqa pog‘onasi va boshqa a’zolarning sog‘lom rivojlanishida o‘rni katta ekan. Taekvondo meni batamom sehrlab qo‘ydi va, albatta, dunyo taniydigan sportchi bo‘laman, deb ahd qildim.

Mening bu niyatim shunchaki yoshlik havasi emasdi. Harqalay, buni o‘tgan qisqa fursatda erishgan yutuqlarim bilan isbotlay oldim, deb o‘ylayman. 2010-yilda O‘zbekiston ochiq chempionatida ilk zafar quchgan bo‘lsam, kelasi yili Osiyo chempionatida yoshlar o‘rtasida yakka va jamoaviy bahslarda faxrli 2-o‘rinni egalladim. 2014-yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandim. O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetining filologiya yo‘nalishiga imtiyozli ravishda qabul qilindim. Bu muvaffaqiyatlarim shu yilning 9-22-mart kunlari Tailandda bo‘lib o‘tgan jahon birinchiligida ham yakka, ham jamoaviy bahslarda tengsiz, deb topilishimda muhim omil bo‘ldi. Rosti, Bangkokda erishgan bu muvaffaqiyatim zamirida boshqa bir sir borki, uni g‘urur bilan aytmasam bo‘lmaydi.

Bilasiz, joriy yilning 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari viloyatimiz saylovchilari bilan 5-mart kuni uchrashdi. Ushrashuvda men ham ishtirok etdim. Viloyatimiz yoshlari nomidan gapirib, erishayotgan yutuqlarim kelgusidagi rejalarimga to‘xtaldim. 9-22-mart kunlari Tailandda o‘tkazilayotgan jahon birinchiligida ishtirok etishimni aytib, albatta Vatanimiz bayrog‘ini madhiyamizga hamohang baland ko‘tarish uchun Prezidentimizga va’da berdim. Yurtboshimiz oq fotiha berib, omad tiladilar. 

Musobaqaga ketayapman-u, Yurtboshimizning yoshlarga “Bolalarim, mening farzandlarim! Marrani doimo baland olib yashang! Davr bizniki, marra bizniki”, degan so‘zlarini xayolan takrorlayman va allaqanday kuch topganday bo‘laman. Samolyotning tovushi “Dunyo mamlakatlari, tayyorlaning! O‘zbekiston farzandlari kelmoqda”, deyayotgandek edi go‘yo!

Chempionat boshlandi. Navbat menga keldi. Rosti, ustozlarim “Yirik musobaqalarga chiqqaningda umring davomida bosib o‘tgan yo‘ling ko‘z oldingdan xuddi kino tasmasidek o‘tadi. Undan tegishli xulosa chiqara olsang, g‘alaba sening izmingda bo‘ladi”, deganlarida ishonmagandim. Lekin bu haqiqat ekan. O‘zimni yo‘qotmadim. Prezidentimizning omad tilagan samimiy so‘zlari qulog‘im ostida jarangladi go‘yo. Kutilmaganda paydo bo‘lgan qandaydir shiddat kuchimga kuch qo‘shdi, irodamni mustahkamladi. Bir necha kuchli raqiblarni mag‘lubiyatga uchratdim. Yakka va jamoaviy bahslarda g‘olib bo‘ldim. Shohsupaning birinchi pog‘onasida turganimda madhiyamiz yangradi, bayrog‘imiz baland ko‘tarildi. Quvonch yoshlarimni yashirolmadim. Nazarimda Yurtboshimiz menga qarab “Barakalla qizim! Ishonchni oqlading!” deyayotganday bo‘ldi...

Kuni kecha, ya’ni 18-aprel kuni Guliston shahridagi 2-bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirdagi hayajonim jahon chempionatidagi hayajondan o‘n karra ustun bo‘ldi. Yurtboshimizning g‘alabam bilan qutlab yuborgan sovg‘alarini Prezidentimizning Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov qo‘lidan qabul qilib olar ekanman, shu tabarruk yurtda tug‘ilib o‘sganimdan, shu muqaddas zamin, shu aziz Vatan farzandi ekanimdan yana bir bor cheksiz faxr hissini tuydim. Vatanim oldida ado etishim kerak bo‘lgan burch, qilajak xizmatlarim hali juda ko‘p ekanini, yurtimizni shon-sharaflarga burkash biz, yoshlarning eng ulug‘ ishimiz ekanini yanada teranroq angladim.

Demak, biz, yoshlarning asosiy g‘alabalarimiz hali oldinda!

...Dilbarning hikoyasi Prezidentimizning agar biz O‘zbekistonning butun dunyoga nom qozonishini istasak, yurtimizning qaysi hududida bo‘lishidan qat’iy nazar, yilt etgan iste’dod egalarini izlab topish va qo‘llab-quvvatlashga barchamiz mas’ul ekanligimizni unutmasligimiz kerak, degan so‘zlarini yodga soldi.

Bular mamlakatimizning turli hududlarida yosh iqtidor sohiblarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ularni yuksak ijodiy parvozlar sari rag‘batlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor, o‘zbek yoshlarining dunyoda hech kimdan kam emasligini namoyon etayotgan yutuqlardan Dilbar Xoljigitova hayoti misolida bir lavha, xolos.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tayyorlaning, O‘zbekiston farzandlari kelmoqda