O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

12.09.2018 12:52 Chop etish versiyasi

TAEKVONDO: Bronza va kumushdan ham oltinlarimiz koʻp boʻldi

TAEKVONDO: Bronza va kumushdan ham oltinlarimiz koʻp boʻldi

Qozogʻistonning Atirau shahrida taekvondoning WTF turi boʻyicha Qozogʻiston I Ochiq chempionati reyting musobaqasi boʻlib oʻtdi.

15 mamlakatdan 400 nafarga yaqin sportchi - Olimpiada, Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlarining gʻolib va sovrindorlari ishtirok etgan turnirda bir qator sportchilarimiz vatanimiz sport sharafini munosib himoya qilib, bronza va kumushdan koʻra oltin medallar sonini koʻpaytirishga muvaffaq boʻldilar.

Jumladan, Charos Qayumova, Madinabonu Mannopova, Shohruh Rajabov, Abror Toʻrayev oltin, Shuhrat Salayev va Shahboz Doʻsmatov kumush hamda Temur Uralov bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Taekvondochilarimiz mazkur yutuqlari bilan Tokioda oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlariga reyting ochkolari yigʻishga kirishishdi. Ikki yil davomida shu kabi reyting musobaqalarda qimmatli ochkolarni toʻplab borishadi va yakunda eng yaxshi reyting koʻrsatkichlariga ega boʻlgan sportchilar 2020-yilgi Olimpiya oʻyinlariga litsenziyani qoʻlga kiritishadi.

O. Yunusov, O'zA