Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.09.2017 15:20 Chop etish versiyasi

Suv sporti turlari bo‘yicha o‘tayotgan IX Osiyo chempionatida sportchilarimiz muvaffaqiyatli qatnashmoqda

Suv sporti turlari bo‘yicha o‘tayotgan IX Osiyo chempionatida sportchilarimiz muvaffaqiyatli qatnashmoqda 200 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha musobaqada Xurshidjon Tursunov barcha raqibini ortda qoldirib, marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tdi. Yana bir sportimiz Aleksey Tarasenko ushbu masofaga suzishda marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi. Qizlar o‘rtasida ishtirok etgan Maftunabonu To‘xtasinova ham terma jamoamiz hisobiga bronza medalni keltirdi.

100 metrga brass usulida suzishda Vladislav Mustafin g‘alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Qizlar o‘rtasida Fotima Omilova kumush medalni qo‘lga kiritdi. 50 metrga batterflyay usulda suzishda sportchimiz Artem Kozlyukka teng keladigan topilmadi.

11.jpg

3 metrlik tramplindan suvga sakrash bo‘yicha musobaqada yurtdoshimiz Yuliya Nushtayeva uchinchi pog‘onani egallagan bo‘lsa, 10 metrlik platformadan sinxron sakrashda Yuliya yana bir vakilimiz Olga Morozova bilan birga kumush medal sohibasi bo‘ldi. Shuningdek, mazkur balandlikdan sakrash bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tgan bahslarda Botir Hasanov va Marsel Zaynetdinov ikkinchi o‘rinni egalladi.

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA
1 932






Все о погоде - Pogoda.uz