O‘zA O`zbek

08.05.2020 Chop etish versiyasi

Suv sport boʻyicha jahon chempionati 2022-yilga qoldirildi

Suv sport boʻyicha jahon chempionati 2022-yilga qoldirildi

Suv sport boʻyicha jahon chempionati aslida kelasi yilning mayida Tokioning Fukuoka shahrida tashkillashtirilishi lozim edi. Biroq joriy yil oʻtishi kerak boʻlgan Tokio-2020 yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarining koronavirus pandemiyasi tufayli bir yilga qoldirilishi koʻplab sport turlari boʻyicha 2021-yilga moʻljallangan jahon chempionatlarining muddatlariga jiddiy taʼsir koʻrsatyapti.

Ikki yilda bir oʻtkaziladigan suv sport boʻyicha dunyo birinchiligi endilikda 2022-yilga qoldirildi. Yangilangan sanaga koʻra bellashuvlar 2022-yilning 13-29-may kunlariga belgilandi.

Shu tariqa, ushbu sport turining ashaddiy muxlislari besh yil davomida ketma-ket xalqaro turnirlarga guvoh boʻladigan boʻlishdi.

Yaʼni,

2021-yil: Tokio Olimpiadasi

2022-yil: Jahon chempionati (2021-yildan qoldirilgan Yaponiya, Fukuoka)

2023-yil: navbatdagi jahon chempionati (Qatar, Doxa)

2024-yil: navbatdagi Parij Olimpiadasi

2025-yil: navbatdagi jahon chempionati (Rossiya, Qozon)


6 200
Oybek YUNUSOV, OʻzA