O‘zA O`zbek

20.08.2018 12:27 Chop etish versiyasi

Superliga bahslarining dastlabki bosqichi yakunlandi

Superliga bahslarining dastlabki bosqichi yakunlandi Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining dastlabki bosqichi nihoyasiga yetdi.

Musobaqaning 22-turida “Neftchi” jamoasi o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” jamoasini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu uchrashuvdagi yagona golga Doston Toshmatov 70-daqiqada mualliflik qildi.

Buxoroda o‘tgan “Buxoro” va “Lokomotiv” bahsida 0:1 hisobida qayd etilgan bo‘lsa, “Bunyodkor” Toshkentda “So‘g‘diyona” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. “AGMK” jamoasi “Metallurg”ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

10.jpg

Poytaxtda o‘tgan “Paxtakor” hamda “Nasaf” uchrashuvi 4:0 hisobida yakunlandi. “Qizilqum” esa “Navbahor”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa, “Paxtakor” kulubi Superliga bahslarining birinchi bosqichida 47 ochko to‘plab, yetakchilik qilmoqda.

Musobaqaning ikkinchi bosqichida jamoalar ikki guruhga bo‘lingan holda o‘yinni davom ettiradi. Dastlabki guruh chempionatning medallari uchun o‘zaro raqobatlashadi. Ikkinchi guruhdagilar esa Superligada qolish uchunkuch sinashadi.

11.jpg

Ushbu guruhdagi uchrashuvlar uy-safar tizimida o‘tkaziladi. Ikkinchi guruhda oxirgi o‘rinni olgan jamoa Pro-liga tushib ketadi. To‘rtinchi vabeshinchi pog‘onadan joy olgan jamoalar o‘tish o‘yinlarida qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, Superliganing hal qiluvchi bosqichi 13 sentyabr kuni boshlanadi.

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat) O‘zA
2 017