Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.08.2017 18:51 Chop etish versiyasi

Sport xabarlari

Sport kurashlari. Finlyandiyada yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida terma jamoamiz a’zolari 1 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Erkin kurash bo‘yicha vazni 74 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasida Isa Shapiyev kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda Ilhom Bahromov va To‘rabek Tirkashev bronza medal bilan taqdirlandi.

* * *

Akademik eshkak eshish. Mamlakatimiz yosh sportchilari Litvada o‘tkazilgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Dunyoning 60 mamlakatidan besh yuzdan ortiq sportchi ishtirokida o‘tkazilgan nufuzli musobaqada terma jamoamiz a’zolari Alisher Turdiyev va Sardor To‘lqinxo‘jayev final bahsida yuqori natija ko‘rsatib, 2018-yil Argentinada o‘tkaziladigan o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Bayram Aytmurodov, O‘zA
787






Все о погоде - Pogoda.uz