Fotoreportaj: Sportsevar yoshlar maskani
Buxoro shahridagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabida tennis, boks, taekvondo (WTF), stol tennisi, o‘zbek jang san’ati, turon yakka kurashi kabi sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.
Buxoro shahridagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabida tennis, boks, taekvondo (WTF), stol tennisi, o‘zbek jang san’ati, turon yakka kurashi kabi sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.Sport maskani seksiyalariga 900 dan ziyod o‘g‘il-qiz jalb etilgan. Ulardan 309 nafari tennis bilan muntazam shug‘ullanadi. Murabbiylar ko‘magida mahorat oshirayotgan yosh tennischilar viloyat va mamlakat miqyosidagi nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.