O‘zA O`zbek

02.02.2017 18:34 Chop etish versiyasi

Sportsevar yoshlar maskani

Sportsevar yoshlar maskani Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabida 1 ming 600 dan ortiq yoshlar sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda.

Zamonaviy maktabda dzyudo, og‘ir atletika, taekvondo (WTF), boks, badiiy gimnastika, futbol, tennis, kurash, shaxmat kabi sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan. 3 ming o‘rinli stadion, sport zali, tennis korti, futbol, basketbol va voleybol maydonchalari yoshlar ixtiyorida. Yaratilgan bunday sharoit va qulayliklar tarbiyalanuvchilar orasida chempionlar safi kengayishiga zamin yaratmoqda.

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
10 388