O‘zA O`zbek

07.11.2019 Chop etish versiyasi

Sportchimiz qilichbozlik bo‘yicha Rossiya turniri g‘olibi bo‘ldi

Sportchimiz qilichbozlik bo‘yicha Rossiya turniri g‘olibi bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonlik Pazilbek Genjebaeva Moskva shahrida M.I.Bursev xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Yunost Moskvы” XXII Umumrossiya musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. G‘olibni Nukus temir yo‘l vokzalida tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi. 

“Genjebaev dastlabki janglarda ham, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saralash bosqichidagi barcha janglarda ham g‘alaba qozondi. Finalgacha u raqiblaridan birortasiga o‘ntadan ortiq zarba berishiga yo‘l qo‘ymadi. Ammo hal qiluvchi jangda o‘zbekistonlik jangchi Nikolay Spitsinga qarshi keskin kurashdi. Genjebaev ushbu bahsda kuchliroq chiqdi – 15:13 hisobida g‘olib bo‘ldi” deyiladi Rossiya Qilichbozlik Federatsiyasi axborotida. 

Qilichbozlik bo‘yicha o‘tkazilgan ushbu turnirda Rossiya hamda dunyoning turli davlatlaridan 102 nafar qilichboz sportchi ishtirok etdi. 

Pazilbek Genjebaev Nukus shahri 47-sonli umumta’lim maktabining 11-sinfida o‘qiydi. Qilichbozlik sport turining sablya yo‘nalishi bo‘yicha 2014 yildan buyon shug‘ullanadi. 


563
Ye.QANOATOV, O‘zA