O‘zA O`zbek

10.09.2018 19:48 Chop etish versiyasi

Sportchilarimiz Osiyo chempionatiga tayyor

11-13 sentyabr kunlari “Universal” sport majmuasida qoʻl jangi boʻyicha MDH mamlakatlarining armiyalari oʻrtasida musobaqa tashkil etiladi.

Shu munosabat bilan poytaxtimizda matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi tashkiliy qoʻmitasi, sportchi va murabbiylar, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.
Anjumanda mamlakatimizda yosh avlodni jismonan va maʼnan sogʻlom insonlar etib tarbiyalash, Vatanimiz obroʻsini, xalqimiz gʻurur-iftixorini yanada yuksaltirishning muhim omili boʻlgan sportni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.

11 sentyabr kuni boshlanadigan nufuzli musobaqada Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikistondan kelgan sportchilar kuch sinashadi. Musobaqada 50 nafarga yaqin sportchi 7 vazn toifasida gʻoliblik uchun bahs olib boradi.

J.Toshxoʻjayev, OʻzA
1 445