Navro‘z bayrami arafasida Buxoro viloyatidagi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan o‘quvchi qizlariga Prezident sovg‘asi – sport liboslari topshirildi.

Buxoro shahridagi “Humo” majmuasida tashkil etilgan shunday tadbirlardan birida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari M.Abdullayev va boshqalar mamlakatimizda yoshlar, xususan, qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni sportga keng jalb etish orqali jismonan va ma’nan barkamol etib tarbiyalashga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.

Bugungi kunda viloyatdagi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan qizlarning 13 ming 860 nafardan ziyodi sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda. “Humo” sport majmuasida doimiy shug‘ullanayotgan 450 nafarga yaqin qizga Prezident sovg‘asi – sport liboslari topshirildi. Ular orasida turli xalqaro musobaqalar g‘oliblari ham bor.

– Prezident sovg‘asi mamlakatimizda yoshlar kamolotiga ko‘rsatilayotgan doimiy e’tiborning yana bir amaliy ifodasidir, – deydi badiiy gimnastikachi Jasmina Ahtamova. – Men 2016-yili Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldim. Joriy yilda bundan-da yuksak marralarni ko‘zlaganman.

Tadbirda yosh sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi, kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportchi qizlarga Prezident sovg‘asi