O‘zA O`zbek

14.08.2018 09:34 Chop etish versiyasi

“Sportchi” lavozimiga qanday talablar qo‘yiladi?

“Sportchi” lavozimiga qanday talablar qo‘yiladi?

2018-yil 1-yanvardan boshlab Respublika oliy sport mahorati maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida “sportchi” lavozimi joriy etilgan edi.

“Sportchi” lavozimiga qo‘yiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqida vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Nizomga muvofiq, “Sportchi” lavozimiga qabul qilish uchun quyidagi talablar qo‘yiladi:

Tanlagan Olimpiya sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishi, doimo o‘zining sport mahoratini oshirib borishi va sport tadbirlarida qatnashishi;

Respublika oliy sport mahorati maktablari yoki ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarining birida shug‘ullanishi;

Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalarining asosiy tarkibidagi sportchi bo‘lishi;

Tanlagan Olimpiya sport turlari bo‘yicha tegishli sport unvonlari yoki sport razryadlariga ega bo‘lishi.

Bundan tashqari, nizomga ko‘ra “sportchi”larga sport musobaqalarida yuqori yutuqlarga erishganlik uchun lavozim maoshining ko‘pi bilan 50 foizi miqdorida shaxsiy ustamalar berilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Hukumatning 2017-yil 18-sentyabrdagi qaroriga muvofiq, 2018-yil 1-yanvardan boshlab Respublika oliy sport mahorati maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida “sportchi” lavozimi joriy etilgan edi.

O‘zA
2 988