Poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida «Umid» turnirining sablya yo‘nalishida Sherzod Mamutov, Sevinch Ismoilova barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, birinchi o‘rinni egalladi.

Qilichbozlik. Poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida «Umid» turnirining sablya yo‘nalishida Sherzod Mamutov, Sevinch Ismoilova barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, birinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqaning rapira yo‘nalishida Ahmadullaxon Solixo‘jayev, Kamola Azimova shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

***

Yengil atletika. Toshkentda yengil atletika bo‘yicha bolalar va o‘smirlar sport maktablari o‘quvchilari o‘rtasida an’anaviy respublika musobaqasi o‘tkazildi.

Turli masofalarga yugurish bahslarida Viktoriya Levina, Sanoat No‘’monjonova, Karina Abdullayeva, Aziza Mirakbarova, Mushtariy Usmonova, Ruslan Maqsumov, Aleksandr Nuvalsev, Xudoyor Ahmedov, Viktor Surenko marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tdi.

Nayza, yadro va bosqon uloqtirishda Elshod Quvvatov, Rashid Sodiqov, Ayub Fayozov, Zebiniso Kamoliddinova, Regina Adashboyeva, Mavluda Umarovaga teng keladigani topilmadi. Sportcha yurish bo‘yicha Asilbek Zokirov va Diana Yafasova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Uzunlikka, balandlikka va uch hatlab sakrashda Javohir Noriyev, Islom Sibagatullin, Daniil Karl, Olga Smeyrek, Albina Razzoqova hamda Alina Yablokova barcha raqiblarini ortda qoldirdi. Yettikurashda Shahribonu G‘ofurjanova va sakkizkurashda Eldor Nomozboyev oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport xabarlari