Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.02.2017 11:30 Chop etish versiyasi

Sport xabarlari

Badminton. Poytaxtimizdagi "Chorsu" sport majmuasida O‘zbekiston chempionati boshlandi.

Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda mamlakatimiz badminton federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada yuzdan ortiq sportchi yakkalik, juftlik va aralash juftlik bahslarida g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

* * * 

Tennis. Rossiyada Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan turnirda sportchilarimiz Sergey Fomin va Kamola Umarova muvaffaqiyatli qatnashmoqda.

Nufuzli musobaqaning juftlik bahslarida S.Fomin avstriyalik sherigi Nil Oberleitner bilan mezbon tennischilar David Georgadze va Ruslan Mugtasimovni 6:4, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Sergey va Nil chorak final bahsida rossiyalik Sergey Bolotov va Igliz Valiyev qarshi kortga chiqadi.

Kamola Umarova xalqaro turnirning juftlik bahslarida qozog‘istonlik Zibek Kulamboyeva bilan birgalikda birinchi davradan muvaffaqiyatli o‘tdi va endi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun rossiyalik Polina Altuxanova hamda Anastasiya Suxotina bilan bahslashadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
523






Все о погоде - Pogoda.uz