O‘zA O`zbek

10.09.2018 12:25 Chop etish versiyasi

Sport xabarlari

Sport xabarlari

FUTBOL. Xitoyda oʻtkazilgan xalqaro turnirda 21 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston terma jamoasi 7 ochko bilan musobaqa gʻolibiga aylandi.

Terma jamoamiz turnirda Tojikiston va Myanma terma jamoalarini magʻlub etgan boʻlsa, soʻnggi bahsda xitoylik tengqurlari bilan durang oʻynadi.

* * *

Ertaga, 11-sentabr kuni futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Eron terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Mazkur oʻyin “Milliy“ stadionida mahalliy vaqt bilan 20:00da boshlanadi.

* * *

Ot sporti. Konkur boʻyicha “FEI World Jumping Challenge” musobaqasining finalida 10 nafar sportchi sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi.

Unda chavandozimiz Saidamirxon Turgʻunboyev oʻzining “Ambassador” laqabli oti bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi.

J.Toshxoʻjayev, OʻzA
1 324