Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.06.2018 12:00 Chop etish versiyasi

Sport xabarlari: Erkaklar o‘rtasida XXVI O‘zbekiston milliy chempionati yakunlandi

KARATE.Sirdaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda karate federatsiyasi tomonidan Gulistonda viloyat ochiq turniri o‘tkazildi.

Unda g‘oliblikni yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi jamoasi qo‘lga kiritdi. Guliston BO‘SM va Bekobod shahri jamoalari shohsupaning ikkinchi va uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

***

VЕLOSPORT. 3 iyun – Butunjahon velosipedchilar kuni munosabati bilan O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi va Turkmanistonning mamlakatimizdagi elchixonasi tomonidan velomarafon o‘tkazildi.

Toshkent shahridagi “Ashxobod” bog‘ida o‘tkazilgan velomarafonda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari, xalqaro tashkilotlar xodimlari va havaskor sportchilar ishtirok etdi.

Velopoygada 400 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashib, 4,5 km masofani bosib o‘tdi.

***

YENGIL ATLЕTIKA. O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasitomonidan2004 yil va undan kichik bo‘lgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida mamlakat chempionati o‘tkazildi.

Turli masofaga yugurish bahslarida Timur Isroilov, Denis Soldatenkov, Madina Minulliyeva, Yasmina Xurramova, Kamila Mo‘minova barcha raqiblarini ortda qoldirdi.

Uzunlikka va balandlikka sakrashda Sofiya Muhammedova, Kseniya Stepanova, Sohib Karimjonov, Amir Nagayevga teng keladigani topilmadi. 80 metrga to‘siqlar osha yugurishda Madina Minulliyeva hamda Sohib Karimjonov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

***

VOLЕYBOL. Toshkent shahrida erkaklar o‘rtasida XXVI O‘zbekiston milliy chempionati yakunlandi.

To‘rtta turdan iborat bo‘lgan birinchilikda poytaxtning “Oriyent” jamoasi 47 ochko bilan mamlakat chempioniga aylangan bo‘lsa, OTMK jamoasi ikkinchi, “So‘g‘diyona” klubi esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
1 780