Buxoro shahrida tennis bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi xalqaro turnir boshlandi.

Tennis. Buxoro shahrida tennis bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi xalqaro turnir boshlandi.

O‘zbekiston tennis federatsiyasi va Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu nufuzli turnirda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Hindiston, Ukraina, Serbiya va Estoniya kabi davlatlardan kelgan tennischilar yakkalik va juftlik bahslarida o‘zaro kuch sinashmoqda.

Musobaqada mamlakatimiz sharafini Sergey Fomin, Sanjar Fayziyev, Temur Ismoilov, Azamat Luqmonov, Saida’lo Saidkarimov, Shonig‘mat Shofayziyev, Pavel Soy, Olimjon Nabiyev kabi iste’dodli tennischilarimiz himoya qilmoqda.

* * *

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sanjar Fayziyev Qozog‘istonda o‘tkazilgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqaning juftlik bahslarida g‘alaba qozondi.

Turnirning juftlik bahslarida Sanjar rossiyalik Ivan Gaxov bilan birgalikda ishtirok etdi. S.Fayziyev va I.Gaxov musobaqaning hal qiluvchi final bahsida chexiyalik Libor Salaba va slovakiyalik Adrian Sikora ustidan zafar quchib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

​* * *

Sport kurashlari. Boku shahrida erkin va yunon-rum kurashlari bo‘yicha o‘smirlar va kadetlar o‘rtasida an’anaviy xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

Turnirda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Ukraina, Latviya, Turkiya, Eron, Gruziya, Qozog‘istondan kelgan polvonlar g‘oliblik uchun gilamga chiqdi.

O‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan yunon-rum kurashi bo‘yicha bellashuvlarda yuzdan ziyod kurashchi ishtirok etdi. Keskin va murosasiz janglarga boy o‘tgan bahslarda 55 kilogramm vazn toifasida Ilhom Bahromov, 74 kilogramm vaznda Jalgas Berdimurodov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Musobaqaning kadetlar o‘rtasidagi erkin kurash bahslarida Arslon Rahimov, Farrux Zaripov, Muhammadrasul Rahimov finalga qadar o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Umidjon Jalolov terma jamoamiz hisobiga bronza medalni qo‘shib qo‘ydi.

* * *

Atletika. Poytaxtimizda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti tomonidan yengil atletika bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqaning turli masofalarga yugurish bahslarida Doston Saydaliyev, Anvar Sarimsoqov, Elyor Davlatov, Hasanboy Akbaraliyev, Nigina Sharipova, Natalya Asanova, Kumushoy Matyoqubova, Muattar Barotova marra chizig‘ini birinchilardan bo‘lib bosib o‘tdi. To‘siqlar osha yugurishda Anvar Safarov, Olga Gluxovkina va Komila Mirsoliyeva shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Balandlikka, uzunlikka va uch hatlab sakrashda Dmitriy Melsitov, Ivan Denisov, Temur Xusnulin, Aleksandra Yurkevskaya hamda Oksana Molchanova birinchi o‘rinni egalladi.

Yadro uloqtirish bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda Grigoriy Kamulya va Yelena Smolyanova, nayza uloqtirishda Ivan Zaytsev va Sanobar Erkinovaga teng keladigan topilmadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport xabarlari