O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.

Engil atletika. Poytaxtimizda o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan yengil atletika musobaqasi keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tdi.

Musobaqaning turli masofalarga yugurish bahslarida Alibek Kabirov, Alina Oripova, Sofiya Muhamedova, Madniya Rizvonova marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tgan bo‘lsa, 60 metrga to‘siqlar osha yugurishda Temur Seygariyev va Madina Minnulinova birinchi bo‘ldi.

Balandlikka va uzunlikka sakrashda o‘g‘il bolalar o‘rtasida Ilya Noskov va Sohib Karimjonov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu yo‘nalishlarda Sofiya Muhamedova hamda Alina Kraynova shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.

* * *

Futbol. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.

O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida futbolchi qizlarimiz Birlashgan Arab Amirliklari ayollar terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 8:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda Mahliyo Sarikova hamda Lianna Norbekova raqib darvozasiga uchtadan to‘p kiritgan bo‘lsa, Lyudmila Karachik va Kamola Risqiyeva bittadan golga mualliflik qildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport xabarlari