O‘zA O`zbek

18.08.2018 15:55 Chop etish versiyasi

Sport vaziri Prezidentimiz va xalqimiz katta g‘alabalar kutayotganini sportchilarga eslatdi

Sport vaziri Prezidentimiz va xalqimiz katta g‘alabalar kutayotganini sportchilarga eslatdi
Xabaringiz bor, bugun XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining tantali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Mazkur ochilish marosimi Jakartadagi “Gelora Bung Karno Stadium”da bo‘lib o‘tadi.

Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimiga O‘zbekiston sport delegatsiyasiga Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev boshchilik qilmoqda. Bugun tongda D.Nabiyev sportchilar shaharchasida musobaqalar bo‘lib o‘tadigan arenalar bilan tanishdi hamda O‘zbekiston sportchilari bilan uchrashdi. Vazir Osiyo o‘yinlari bahslariga kirishayotgan har bir sportchi mamlakatimiz shuhratini yanada yuksaltirish uchun harakat qilishi lozimligi, Prezidentimiz va xalqimiz sportchilardan katta g‘alabalar kutayotganini aytib o‘tdi.

d1b97410-e3b7-4019-9102-83f55369dc21.jpg

O‘zbekiston sport delegatsiyasida bokschi, Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari sovrindori Isroil Madrimov bayroqdor vazifasini bajardi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlari har 4 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Mazkur musobaqada qit’aning eng kuchli sportchilari jamlanadi va bahslarga kirishadi. Musobaqada 40ta sport turi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi. 465ta medal jamlanmasi o‘ynaladi. 15000 nafarga yaqin sportchi va rasmiy shaxs musobaqada ishtirok etadilar. Osiyo o‘yinlari ilk marotaba ikki shaharda – Jakarta va Palembangda o‘tkazilmoqda.

O‘zA
1 932