O‘zA O`zbek

11.09.2019 Chop etish versiyasi

“Sport targ‘ibotini o‘zimizdan boshladik, siz ham safimizga qo‘shiling!”

“Sport targ‘ibotini o‘zimizdan boshladik, siz ham safimizga qo‘shiling!”

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 1 yanvardagi “O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb qilish to‘g‘risida”gi qarori bilan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishni tizimli yo‘lga qo‘yish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni zararli odatlardan asrash hamda har bir mahalla, ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va boshqalarda jismoniy tarbiya va sport faoliyatini samarali tashkil etish tizimini shakllantirish vazifasi belgilab berilgan edi.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘rnak bo‘lishga intilmoqda.

Jumladan, vazirlik xodimlari ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Ana shunday mashg‘ulotlardan navbatdagisi “Sport targ‘ibotini o‘zimizdan boshladik, siz ham safimizga qo‘shiling!” shiori ostida o‘tkazildi. Unda vazirlik tizimidagi barcha boshqarma va bo‘limlarning xodimlari faol ishtirok etdi.

Jismoniy mashqlar tizimining eng ahamiyatli turlaridan biri – bu ertalabki badantarbiya mashqlari hisoblanadi. Ertalabki badantarbiya mashqlari odam tanasi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, uyqu ta’sirida sustlashgan organizmni faol harakat qilishga o‘tish imkonini yaratadi.

Ertalabki jismoniy mashqlarning inson salomatligi uchun foydali ekanligi ko‘plab omillar asosida o‘z tasdig‘ini topgan. Eng muhimi – bu ishlash, o‘qish hamda foydali mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish qobiliyatini kuchaytiradi.


Jismoniy-t-v-gimnastika (1).jpg

Jismoniy-t-v-gimnastika (5).jpg

Jismoniy-t-v-gimnastika (7).jpg

1 377
O.EShMAMATOV, Muhammad AMIN (surat), O‘zA