O‘zA O`zbek

26.08.2018 12:15 Chop etish versiyasi

Sport salomatlik garovi

Sport salomatlik garovi

Bugun ertalabdan “Paxtakor“ markaziy stadioni atrofi sportsevarlar bilan gavjum boʻldi.

Bu yerda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan 24-30-avgust kunlarining “Sport haftaligi“ deb eʼlon qilingani munosabati bilan yugurish marafoni boʻlib oʻtdi.

Toshkent shahrining barcha tumanlaridan kelgan sportchilar 1 kilometr uzunlikka yugurish boʻyicha marafonda ishtirok etdi. Toʻrtta yosh toifasi boʻyicha tashkil qilingan bellashuvda Gulya Abdusamatova, Shohida Shoyusupova, Viktoriya Xaliulina, Yoqutxon Xolbekova, Valeriy Hakimov, Murod Ilhomov, Gʻayrat Yusupov, Gʻolib Tohirjonovlar shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy oldi.


Marafon (1).JPG

Marafon (5).JPG

Marafon (6).JPG

Marafon (4).JPG

Marafon (3).JPG

Marafon (7).JPG

Muhammad Amin (surat), OʻzA
1 700