Jizzaxda “Barkamol avlod – 2017” musobaqalariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Musobaqalar o‘tadigan asosiy inshootlarda qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlanmoqda, ishtirokchilar uchun yotoqxona va oshxonalar hozirlanayotir.

Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan uch bosqichli sport musobaqalari qatorida “Barkamol avlod” o‘yinlari alohida ahamiyatga ega. Ushbu an’anaviy musobaqa yoshlarni jismonan va ma’nan yetuk insonlar etib ulg‘aytirish bilan birga, ularda jamoa bo‘lib harakat qilish, g‘alabaga intilish ishtiyoqini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

“Barkamol avlod” musobaqalarining birinchisi ham 2001-yilda Jizzax viloyatida o‘tgan va unda sportning 8 turi bo‘yicha 1 ming 540 o‘quvchi ishtirok etgan edi. Jizzax “Barkamol avlod – 2017” musobaqasining mamlakat bosqichiga yana mezbonlik qilmoqda. Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 17 sport turi bo‘yicha 2 mingga yaqin yosh sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

“Barkamol avlod – 2017” musobaqalari Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji, Jizzax politexnika instituti, ushbu institut qoshidagi akademik litsey sport zallarida, futbol maydonlari, sport inshootlarida o‘tkaziladi.

Sportning gandbol, stol tennisi, voleybol, taekvondo, dzyudo, erkin kurash, yunon-rum kurashi, badminton, tennis, og‘ir atletika turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladigan Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji katta sport zalida, suzish basseynida, gimnastika zali va oshxonasida qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga yetmoqda.

Jizzax politexnika institutining futbol maydoni, ushbu institut qoshidagi akademik litseyning sport zali musobaqa uchun shay holatga keltirildi. Musobaqa ishtirokchilari joylashtirilishi rejalashtirilgan kasb-hunar kollejlarining yotoqxona va oshxonalarini tayyorlash ishlari ham jadal sur’atlarda olib borilayotir.

– “Barkamol avlod – 2017” musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rishda 1 akademik litsey va 5 o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejida katta hajmda qurilish-ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, – deydi Jizzax viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i B.O‘sarov. – Musobaqalar o‘tkazilishi belgilangan ta’lim muassasalariga 11 milliard 200 million so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilib, sport inshootlari moddiy-texnik bazasini zamon talablari darajasiga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish dasturida sportchilar uchun viloyat markazining diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirish, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etishga ham alohida o‘rin berilgan. Shu maqsadda bu yo‘nalishdagi tadbirlarni yuksak saviyada tashkil etishni ta’minlash uchun puxta hozirlik ko‘rilayotir. Musobaqa qatnashchilarining taniqli adiblar, xonandalar, aktyorlar va mashhur sportchilar bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan viloyat musiqali drama teatri, “Yoshlar markazi”, Jizzax san’at kollejining tomosha zallari va sahnalari zamonaviy jihozlanmoqda.

Jizzaxlik sportchilar musobaqada munosib ishtirok etishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotir. Akademik litsey va kollejlarda “Barkamol avlod” musobaqalari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha eng tajribali murabbiylar viloyat jamoasi tarkibiga kiritilgan sportchilar bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda.

– O‘z maydoningda o‘tadigan musobaqa har doim katta mas’uliyat yuklaydi, – deydi viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi katta mutaxassisi S.Ibodov. – 2001-yilda Jizzaxda boshlangan dastlabki “Barkamol avlod” musobaqalarida umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinni egallagan edik. O‘tgan davrda viloyatda bolalar sportining moddiy-texnik imkoniyati ham, yoshlarimiz salohiyati ham o‘sdi. Viloyatimiz uchun tarixiy ahamiyatga ega ushbu musobaqada yoshlarimiz yuqori natijaga erishishi uchun barcha imkoniyat mavjud.

Viloyatda “Barkamol avlod – 2017” musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqilib, uning bajarilishi soha va yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan nazorat qilib borilmoqda. Yaqinda “Barkamol avlod – 2017” veb-sayti ishga tushiriladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport musobaqalariga qizg‘in taraddud ko‘rilmoqda