...2008-yili Misrning Qohira shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada erishgan g‘alabam sharafiga O‘zbekiston bayrog‘i baland ko‘tarilganda ko‘z oldimda birinchi bo‘lib mehribon onam gavdalandi.

“...2008-yili Misrning Qohira shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada erishgan g‘alabam sharafiga O‘zbekiston bayrog‘i baland ko‘tarilganda ko‘z oldimda birinchi bo‘lib mehribon onam gavdalandi. Orqamda ona Vatanim, tinch-osuda O‘zbekistonim turganini, shu yurtning eng baxtli qizi ekanimni his etib, qalbim g‘urur-iftixorga to‘ldi..."

Bu Toshkent davlat stomatologiya instituti to‘rtinchi kurs talabasi, sinxron suzish bo‘yicha ko‘p karra mamlakat va xalqaro musobaqalar g‘olibi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Shohida Zohidovaning dil so‘zlari.

Salima Zohidova qizalog‘ini poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi suv sporti saroyiga olib borganida Shohida hali 6 yoshda edi. Undagi qiziqish, shijoat va harakatchanlik murabbiylar e’tiborini tortdi. Tajribali murabbiya Oksana Bortnikova ko‘zlari yonib turgan, sportga ishtiyoqi baland bu qizchaning salohiyatini ko‘ra bildi. Ota-onasi, ta’lim muassasasi va murabbiysi hamkorligidagi mustahkam ishonch Shohidaning muvaffaqiyatlariga poydevor bo‘ldi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ijtimoiy-huquqiy jihatdan ko‘mak berish, jismoniy, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, qiz bolalarni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish, ularni sportga keng jalb etish, sog‘lom oilani shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1999-yil 10-iyunda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining ta’sis etilgani iste’dodli qizlar safini kengaytirish, ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, a’lo o‘qishi, intilishi, ijodiy salohiyati bilan ko‘pchilikka o‘rnak bo‘layotgan qizlar faoliyatini keng jamoatchilikka tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

– Xalqimizning suyukli shoirasi Zulfiya izdoshi bo‘lganimdan faxrlanaman, – deydi Sh.Zohidova. – Ushbu mukofot sevimli shoiramiz nomiga, xalqimizning ishonchiga, mamlakatimizda qizlarga ko‘rsatilayotgan cheksiz mehr-e’tiborga hamisha munosib bo‘lish mas’uliyatini zimmamga yuklaydi. Bor kuch-g‘ayratim bilan mamlakatimiz rivoji, sportimiz taraqqiyoti, yosh avlod kamoloti uchun xizmat qilishga tayyorman. Har bir musobaqa oldidan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Biz hech kimdan kam emasmiz va hech qachon kam bo‘lmaymiz!”, degan so‘zlarini qayta-qayta takrorlayman. Bu kuchimga kuch qo‘shib, yangi g‘alabalar sari undaydi.

Shohida sinxron suzish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi sifatida 2009-yili Xitoyning Guanchjou shahrida o‘tkazilgan musobaqada kumush va bronza, Yaponiyada tashkil etilgan Osiyo birinchiligida bronza medalini qo‘lga kiritgan. 2010-yili sinxron suzish bo‘yicha Malayziyada o‘tgan xalqaro turnirda oltin, 2012-yilda Dubaydagi Osiyo chempionatida bronza medaliga munosib topilgan. 2014-yil Yaponiyada 27 davlat vakillari ishtirok etgan sinxron suzish bo‘yicha turnirda bronza medalini, Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. U 20 karra O‘zbekiston chempioni degan yuksak nomga sazovor bo‘lgan. Shohida 15 yoshidayoq sportning sinxron suzish turi bo‘yicha sport ustasi talabini bajargan. O‘zbekiston chempionatlari va xalqaro musobaqalarda erishgan yutuqlari uchun Milliy olimpiya qo‘mitasining stipendiyasiga sazovor bo‘lgan.

Bugun Shohida singari ko‘plab qizlarimiz sport arenalarida, xalqaro fan olimpiadalarida, san’atda ulkan muvaffaqiyatlarga erishayotgani barchamizni g‘ururlantiradi. O‘zbek ayollarining boshqalardan aslo kam emasliklarini isbotlab, salohiyatiyu imkoniyatlarini tobora kengaytirayotgani mamlakatimizda xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan katta e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin samarasidir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport meni yuksak marralarga chorladi