Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

25.09.2017 15:38 Chop etish versiyasi

«Sport ma’naviyati – barkamol avlod kafolati» turkum kitoblarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizdagi «Kitob olami» ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasida «Ilmiy-texnika axboroti press» nashriyotida chop etilgan «Sport ma’naviyati – barkamol avlod kafolati» turkum kitoblarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 13-sentabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra aholini, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intelektual salohiyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida samarali ishlar qilinmoqda. Shu bilan birga mamlakatimizda noshirlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, sog‘lom raqobatga asoslangan turli mavzulardagi bosma kitoblarni chop etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

«Ilmiy-texnika axboroti press» nashriyoti sport sohasining turli yo‘nalishlari va tarmoqlariga taalluqli sport mutaxassislari, olimlar va tadqiqotchilar tomonidan tayyorlangan 100 nomdan ortiq kitoblarni chop etdi.

Jumladan, R.Nazarovning «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati», R.Nurimovning «Sport va milliy o‘yinlar», U.Salimovning «Tennis», O.Goncharovaning «Yosh sportchilarni jismoniy tayyorlash», A.Usmonovaning «Sport psixologiyasi», S.Qurbonovning «Engil atletika», L.Jalilovaning «Jismoniy tarbiya va sport tarixi» kabi qo‘llanma va risolalari nafaqat maktab o‘quvchilari, balki pedagogika oliy o‘quv yurtlari, jismoniy tarbiya institutlari talabalari, sport bilan shug‘ullanuvchi yoshlar, sport murabbiylari va mutaxassislar, keng kitobxon ommasiga mo‘ljallangan.

– Mamlakatimizda sportni rivojlantirishga, o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol insonlar qilib voyaga yetkazishga doimiy e’tibor qaratilmoqda, –deydi nashriyot rahbari Fikrat Kerimov. – Nashriyotimizda chop etilgan qo‘llanmalar orqali o‘quvchi sport bilan to‘g‘ri shug‘ullanish qoida va talablari, mashg‘ulot turlari, sport bilan shug‘ullanish jarayonida kiyinish va ovqatlanish tartibi haqida batafsil tushunchaga ega bo‘ladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
702






Все о погоде - Pogoda.uz