O‘zA O`zbek

08.10.2019 Chop etish versiyasi

Sport – gender tenglik tarafdori

Sport – gender tenglik tarafdori

Universal sport saroyida mazkur shior ostida 14 yoshdan 18 yoshgacha va undan yuqori yoshdagi sportchilar oʻrtasida universal jang sport turi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqasiga start berildi.

Musobaqa Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi tomonidan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi S.Baratova, Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari O.Qosimov va boshqalar mazkur tadbir xotin-qizlar, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va sportni ommalashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatli ekanini taʼkidladi.

Universal jang sport turi insonda matonat, chidamlilik, maqsadga intilish, iroda mustahkamligi, chaqqonlik kabi xislatlarni shakllantiradi. Ushbu sport turi bilan shugʻullanayotgan, xalqaro musobaqalarda faxrli oʻrinlarni olib qaytayotgan qizlarimiz safi tobora ortib borayotgani quvonarli holdir.

Tadbir doirasida universal jang sport turi boʻyicha 2018-yilda jahon chempionligini qoʻlga kiritgan sportchilarni taqdirlash marosimi ham oʻtkazildi. Milliy gvardiya xizmatchilari tomonidan koʻrgazmali chiqish namoyish etildi.

Musobaqa 11-oktyabrgacha davom etadi.

1 020
Nurillo NASRIYEV, OʻzA