O‘zA O`zbek

14.09.2018 Chop etish versiyasi

“Sport bilan hamnafas yoshlar – diniy ekstremizmga qarshi!”

“Sport bilan hamnafas yoshlar – diniy ekstremizmga qarshi!”

Samarqandda ushbu shior ostida sportning beshta turi boʻyicha sport musobaqalari haftaligi tashkil etildi.

Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilayotgan musobaqalarda sportchi yoshlar erkin va yunon-rum kurashi, dzyudo, sambo va suzish boʻyicha oʻz mahoratini namoyish etmoqda.

1.JPG

Sport haftaligining dastlabki kunida erkin kurash boʻyicha 2003-2005 yillarda tugʻilgan 200 nafar bola sakkiz vaznda gʻoliblik uchun gilamga tushdi. Haftalikning ikkinchi kuni 2004-2006 yillarda tugʻilgan oʻsmirlar yunon-rum kurashi boʻyicha oʻn vazn toifasida bellashdi.

3.JPG

3 775
Alisher Isroilov (surat), OʻzA