O‘zA O`zbek

07.09.2018 17:23 Chop etish versiyasi

SOHIL FUTBOLI: Yarim finalda uch viloyat vakili

SOHIL FUTBOLI: Yarim finalda uch viloyat vakili

Avval xabar berganimizdek, Qarshi shahri “Geolog” sport majmuasi hududidagi sohil futboli boʻyicha Respublikadagi yagona maydonda mamlakat chempionati davom etmoqda.

Kecha musobaqaning chorak final, bugun esa yarim final bahslaridan keyin final ishtirokchilari nomi maʼlum boʻldi.

Bundan bir oy muqaddam oʻtkazilgan Oʻzbekiston Kubogida bosh sovrinni qoʻlga kiritgan Buxoroning “Kogon” jamoasi bu gal chorak finaldayoq toʻxtashga majbur boʻldi. Sababi, kogonliklar bu galgi musobaqada asosan ikkinchi, yoshlar tarkibi bilan qatnashdi. Jamoaning yetakchilari esa futzal boʻyicha mamlakat chempionatining tur oʻyinlarida ishtirok etishi uchun sohil futboliga jalb etilmadi. Kogonliklar chorak finalda musobaqaning bosh sovriniga asosiy daʼvogar “Adolat” jamoasiga kichik hisobda yutqazib qoʻydi.

Yarim final oʻyinlari yanada shiddatli kechdi. “Adolat” va “Olimpiya” jamoalari oʻrtasidagi oʻyinda qarshiliklar arang gʻalabani “ilib” ketishdi, ikkinchi uchrashuvda esa asosiy vaqtda ham, qoʻshimcha daqiqalarda ham kuchlar teng keldi, faqat penaltilar seriyasida omad samarqandliklarga kulib boqdi... 

Chorak final natijalari:

“Adolat” – “Kogon-2” – 2:1
“Koson” – “Huquq” – 1:3
“Olimpiya” (Jizzax) – IBOʻSM – 2:0
“Samarqand” – “Olimpiya” (Qarshi) – 2:1

Yarim final natijalari:

“Adolat” – “Olimpiya” (Jizzax) – 4:3
“Huquq” – “Samarqand” - 2:2. Pen.boʻy. 0:1

Endi uchinchi oʻrin uchun “Olimpiya” va “Huquq”, bosh sovrin uchun esa “Adolat” va “Samarqand” jamoalari oʻzaro kuch sinashishadi.

O. Yunusov, O'zA
1 597