O‘zA O`zbek

27.08.2018 15:02 Chop etish versiyasi

Sogʻlom turmush tarzi – salomatlik garovi

Sogʻlom turmush tarzi – salomatlik garovi
Termizda Oʻzbekiston isteʻmol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi tomonidan korxona va tashkilotlar ishchi-xodimlari oʻrtasida sportning besh turi boʻyicha spartakiada oʻtkazildi.

Mustaqilligimizning 27 yilligiga bagʻishlangan musobaqada Termiz shahri va viloyat tumanlaridagi korxonalardan 100 ga yaqin ishchi-xodim darts, shaxmat-shashka, stol tennisi va arqon tortish boʻyicha oʻzaro bahslashdi.

2.jpg

–Ishchi-xizmatchilar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini taʻminlash, salomatligini mustahkamlashiga koʻmaklashish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish muhim vazifalardan, – deydi Oʻzbekiston isteʻmol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashining Surxondaryo viloyati boʻyicha masʻul tashkilotchisi X.Qoʻzimurodov. – Eng ulugʻ, eng aziz ayyom arafasida oʻtkazilayotgan mazkur spartakiada ham ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

1.jpg

Musobaqada umumjamoa hisobida Termiz shahri birinchi, Boysun tumani vakillari ikkinchi, Sariosiyo tumani jamoasi uchinchi oʻrinni egalladi.

4.jpg

Gʻolib va sovrindorlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

X.Mamatrayimov, J.Qoʻzimurodov (surat), OʻzA
1 521