O‘zA O`zbek

31.08.2018 12:52 Chop etish versiyasi

Sogʻlom turmush – asosiy maqsad

Sogʻlom turmush – asosiy maqsad
Nukusda Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligiga bagʻishlab mini futbol boʻyicha erkaklar oʻrtasida musobaqa boʻlib oʻtdi.

Yoshlarni sportga keng jalb etish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va mini futbolni yanada ommalashtirish maqsadida oʻtkazilgan musobaqada shahar va tumanlardan 18 jamoa oʻzaro bahslashdi.

QoraqalpogʻistonRespublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi 1-oʻrinni egalladi. Keyingi oʻrinlarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosh boshqarmasi jamoasi va Respublika yakka kurash turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi jamoasi oldi.

Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA
1 391