Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.06.2018 18:49 Chop etish versiyasi

Sog‘lom muhit – sog‘lom jamiyat

Toshkent viloyatining Angren shahrida uyushmagan yoshlar o‘rtasida “Sport – sog‘liq garovi” shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Angren shahar kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar sportning tennis va shaxmat-shashka turlari bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.

– Yoshlar, ayniqsa, uyushmagan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish muhim ahamiyatga ega, – deydi partiyaning Angren shahar kengashi apparat rahbari M.Norboyeva. – Ushbu loyiha doirasida o‘tkazilayotgan sport musobaqalariga yanada ko‘proq yoshlarni jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, sog‘lom farzand, sog‘lom muhit – sog‘lom jamiyat asosidir.

G‘oliblarga partiya hamda “Shaxliya” mas’uliyati cheklangan jamiyatining sport kiyimlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

A.Xudoyqulov, O‘zA
1 346