Prezidentimiz rahnamoligida sportning ommaviyligini oshirish, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar bermoqda.

Mamlakatimizning barcha hududlari, jumladan, olis tuman va chekka qishloqlarda ham sharoit va imkoniyatlariga ko‘ra shahardagidan aslo qolishmaydigan zamonaviy bolalar sporti inshootlari barpo etilmoqda. Xalqaro andozalar darajasida jihozlangan markaz va seksiyalar, sport komplekslari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, qizlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishiga doimiy e’tibor qaratilayotir.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, badiiy gimnastika yurtimizda qizlar o‘rtasida jadal ommalashayotgan sport turlaridan biridir.

Jizzax viloyati Do‘stlik tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabida sportning 9 turi bilan zamonaviy sharoitlarda shug‘ullanayotgan 400 o‘quvchining 60 foizi qizlardir. Bu yerda futbol stadioni, yopiq suzish havzasi, gimnastika va boshqa sport zallari o‘quvchilar ixtiyorida.

Maktabning kurash, dzyudo bo‘yicha Muhayyo Omonova, Shohista Anorova, Farangiz Murodova, Umida Boborahimova, Shohida Muhammedova, Mashhura Totliboyeva, Dilshoda Aliqulova, Sevinch Xalilova kabi o‘quvchilari mamlakat va xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

Maktab o‘quvchisi Charos Yoqubova 12 yoshda. 2016-yili gimnastika bo‘yicha mamlakat chempioni bo‘ldi. Maktabda sportning ushbu turi bo‘yicha shug‘ullanuvchi qizlar safi kengayib, qo‘lga kiritilayotgan medallar salmog‘i ortib bormoqda. Bugungacha maktab gimnastikachi qizlari turli musobaqalarda 50 medal olgani ham fikrimizni tasdiqlaydi. Joriy yilda maktabning 3 gimnastikachisi viloyat terma jamoasiga jalb etildi.

– Badiiy gimnastikada jismoniy tarbiya, musiqa va xoreografiya kabi qizlar tarbiyasi uchun muhim jihatlar mujassam, – deydi murabbiya Shahnoza Jamilova. – Gimnastika mashqlari qizlar organizmining tayanch-harakat tizimini, tananing hamma qismlari proporsional rivojlanishini ta’minlaydi. Gimnastika bilan shug‘ullanish qizlarni ham jismonan, ham estetik tarbiyalashga, ularning musiqa va raqsga qiziqishini oshirishga, har tomonlama go‘zal va durkun ulg‘ayishiga xizmat qiladi. Badiiy gimnastikaning musiqa bilan hamohangligi esa ularning ma’naviy dunyosini boyitadi.

Sog‘lom avlod – sog‘lom nasl demakdir. Bugun sportga mehr qo‘ygan qizlarning hammasi ham kelajakda chempion bo‘lmasligi mumkin. Ammo ular jismoniy mashqlarda toblangani uchun tani sog‘lom, ruhi tetik, fikri tiniq, irodasi mustahkam, kelajakda hayotning turli sinov va qiyinchiliklarini yengib o‘tishga qodir insonlar bo‘lib voyaga yetadi. Mamlakatimizda sportning ommaviyligini ta’minlashdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham shudir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘lom avlod – sog‘lom jamiyat