Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.08.2017 18:26 Chop etish versiyasi

Sitora Hamidova O‘zbekiston rekordini yangiladi

Londonda yengil atletika bo‘yicha davom etayotgan jahon chempionatining xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslarida yurtdoshimiz Sitora Hamidova muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. U 10 ming metr masofaga yugurish musobaqasida o‘tgan yilning avgustida Braziliyada o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida o‘rnatgan O‘zbekiston rekordini yangiladi.

Olimpiya o‘yinlarida termizlik sportchi ushbu masofani 31 daqiqa 57,77 soniyada bosib o‘tgan edi. Bu yilgi jahon chempionatida Sitora o‘z natijasini 31 daqiqa 57,42 soniyaga yaxshiladi.

S.Hamidova 10 ming metr masofaga yugurish bo‘yicha dastlabki O‘zbekiston rekordini Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida bo‘lib o‘tgan XVII Osiyo o‘yinlarida o‘rnatgan edi.

Ablay Kamolov, O‘zA
2 424






Все о погоде - Pogoda.uz