Guliston shahrida umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Kamolot” shaxmat taxtasi” turnirining Sirdaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan turnir yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, shaxmatga ixlosmand yoshlarni munosib rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Turnirda 5 yosh toifasidagi 110 havaskor shaxmatchi g‘oliblik uchun dona surdi. Ularning 10 nafari g‘olib sifatida turnirning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

– Qariyb 10-yildan buyon ustozlarim ko‘magida shaxmat sirlarini o‘rganmoqdaman, – deydi turnir g‘oliblaridan biri, 14 yoshli Sevinch Abdullayeva. – Bugun o‘z yosh toifamda turnir g‘olibi bo‘lganimdan xursandman. Kelgusida O‘zbekistonimiz shaxmat maktabi an’analarini munosib davom ettirgan holda, nufuzli xalqaro turnirlar, qit’a va jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishni maqsad qilganman.

Turnirda o‘z yosh toifasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida Samandar Jonzoqov, Javohir G‘ulomov, Diyorjon Raimjonov, Abdug‘ani Ochilov, Bekzod Solijonov, qizlar bahsida Charos Turdiyeva, Marjona Azizqulova, Sevinch Abdullayeva, Malika Jumayeva, Shahnoza Abdurahmonova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda “Kamolot” shaxmat taxtasi” turniri g‘oliblari saralandi