Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.01.2018 16:02 Chop etish versiyasi

Simona Xalep finalda Katerina Sinyakova bilan o‘ynaydi

Simona Xalep finalda Katerina Sinyakova bilan o‘ynaydi Xitoyda Xotin-qizlar tennis uyushmasi – WTA tomonidan o‘tkazilayotgan “WTA Shenzhen Open – 2018” turnirining final uchrashuvida ruminiyalik Simona Xalep va chexiyalik Katerina Sinyakova o‘zaro raqobatlashadi.

Katerina Sinyakova musobaqaning yarim finalida rossiyalik Mariya Sharapovani 6:2, 3:6, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, dunyoning birinchi raqamli tennischisi Simona Xalep hamyurti Irina-Kameliya Begu ustidan 6:1, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Simona va Katerina o‘rtasidagi final bahsi ertaga bo‘lib o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
7 771