O‘zA O`zbek

19.03.2020 Chop etish versiyasi

Shomurodov mashgʻulotlarni davom ettirmoqda

Shomurodov mashgʻulotlarni davom ettirmoqda

Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi tufayli Rossiya Premyer ligasi toʻxtatilgan edi. Shunga qaramay “Rostov” futbol klubi har doimgidek mashgʻulotlarni davom ettirmoqda.

Valeriy Karpin shogirdlari ayni damda oʻtkazayotgan mashgʻulot davomida texnik va taktik mashqlarni ochiq maydonda bajarmoqda. Mashgʻulotlarda terma jamoamiz hujumchisi Eldor Shomurodov ham ishtirok etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, “Rostov” jamoasi chempionatda 38 ochko bilan 4-oʻrinda bormoqda. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov joriy yilgi musobaqa davomida 11 bor raqib jamoalariga gol urib, toʻpurarlar roʻyxatida ikkinchi pogʻonani egallab turibdi.

4 755
Javohir TOSHXOʻJAYEV, OʻzA