O‘zA O`zbek

20.08.2018 12:24 Chop etish versiyasi

Shohjahon Ergashev “WBA International” kamarini munosib himoya qildi

Shohjahon Ergashev “WBA International” kamarini munosib himoya qildi
Proffessional boks bo‘yicha Rossiya va AQSHda o‘tgan musobaqalarda hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Shohjahon Ergashev Moskva shahrida ugandalik Juma Vasvaga qarshi ringga ko‘tarildi.

Mazkur jangda “WBA International” kamarini himoya qilgan Shohjahon raqibini to‘rtinchi raundda nokautga uchratdi va professional ringdagi 14-jangini ham g‘alaba bilan yakunladi.

Yekaterinburgda o‘tgan musobaqada Ravshanbek Umurzoqov filippinlik Eden Sansonani,Sardor Muzaffarov rossiyalik Murod Rabadanovni, Jaloliddin O‘ktamov esa kamerunlik Daniel Negatni mag‘lub qildi.

Nyu-Yorkda o‘tgan bellashuvda bokschimiz Shahram G‘iyosov ganalik Albert Mensani uchinchi raundda nokautga uchratdi.

J.Toshxo‘jayev, O‘zA
2 013