O‘zA O`zbek

19.01.2018 19:25 Chop etish versiyasi

Shohjahon Ergashev mamlakatimizga yorug‘ yuz bilan qaytib keldi

10218_resize(602-602-4).jpg

Nyu-York shahridagi “Turning Stone Casino Resort” arenasida 12 yanvar kuni professional boks bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada yengilmas Shohjahon Ergashev (12-0, KO 12) o‘zining navbatdagi jangida amerikalik Soni Fredriksonni (19-1-0, KO12) uchinchi raundda mag‘lubiyatga uchratgan edi.


Bugun, 19 yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Shohjahon Ergashevni ommaviy axborot vositalari xodimlari, sport muxlislari tantanali kutib oldi.

– Amerikada navbatdagi jangimni muvaffaqiyatli o‘tkazganimdan xursandman. Men Soniga qarshi o‘tgan jangda o‘zbekistonlik bokschilar nimalarga qodir ekanini isbotladim. Ushbu g‘alaba meni chempionlik jangi uchun yaqinlashtirdi. Nasib qilsa, men o‘z vazn toifamda chempionlik kamarini qo‘lga kiritib, o‘zbek o‘g‘lonlari hech kimdan kam emas va kam bo‘lmasligini dunyoga isbotlayman, – deydi Shohjahon O‘zA muxbiriga bergan intervyusida.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
21 716