O‘zA O`zbek

08.09.2018 13:42 Chop etish versiyasi

Shaxmatchilar bahsi

Shaxmatchilar bahsi

Termizda Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligiga bagʻishlab erkaklar oʻrtasida shaxmat boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.

5.jpg

Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi Surxondaryo viloyati boʻlimi tomonidan tashkil etilgan musobaqada tumanlardan 24 nafar sportchi gʻoliblik uchun dona surdi.

6.jpg

Musobaqa yakuniga koʻra, Nabijon Norboyev gʻoliblik shohsupasiga koʻtarildi. Mirzaboy Saidmurodov ikkinchi va Eshqobil Shaynayev uchinchi oʻrinni egalladi.

Jonibek Qoʻzimurodov (surat), OʻzA
1 404