Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining saralash turniri o‘tkazilmoqda
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha mamlakat chempionatining saralash musobaqasi qizg‘in davom etmoqda.
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha mamlakat chempionatining saralash musobaqasi qizg‘in davom etmoqda.Shveytsarcha tizimda yetti turdan iborat musobaqada birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan shaxmatchilar chempionatning yarim final bahslarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.
Musobaqaning uchta turi yakuniga ko‘ra, Abumalik Saidniyozov va Jahongir Ro‘ziqulovda uchtadan ochko bor. A.Saidniyozov Kozimbek Aminov, Edgen Baytalov va Malik Boboqulovdan ustun kelgan bo‘lsa, J.Ro‘ziqulov Sohibjon Elmurodov, Islom Anoriddinov va Omina A’zamovani yengdi. Ikki yetakchi to‘rtinchi turda o‘zaro bahslashadi.
Nurmuhammad A’zamov, Islom Anoriddinov, Malik Boboqulov va Abdulboriy Ofoqov hisobida ikki ochkodan bor.