Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining oliy liga musobaqalari g‘oliblari aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda mamlakatimiz shaxmat federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada yigirmadan ziyod eng kuchli sportchi g‘oliblik uchun bahslashdi.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslar musobaqa yakuniga qadar teng kurashlar ostida o‘tdi. FIDE ustasi Alisher Begmurodov Bahodir Xolmirzayev, Ulug‘bek Tillayev, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov, Georgiy Shvanov, Nikita Xoroshev va Sherali Qarshiyev ustidan g‘alaba qozonib, Akmal Fayzullayev bilan durang o‘ynadi. O‘n bir imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘argan A.Begmurodov O‘zbekiston chempionatining oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

O‘n bir imkoniyatdan 7 ochkodan jamg‘argan Shamsiddin Vohidov va Akmal Fayzullayev qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.

Xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslar to‘qqiz turdan iborat bo‘ldi. Musobaqada Nodira Nodirjonova Gulhayo Nazirqulova, Sarvinoz Qurbonboyeva, Nilufar Yoqubboyeva, Nodirabegim Parpiyeva, Yulduz Hamroqulova, Gulruhbegim Tohirjonovani mag‘lubiyatga uchratib, Irina Gevorgyan bilan durang o‘ynadi va 6,5 ochko jamg‘argan holda shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

To‘qqiz imkoniyatdan 6,5 ochko jamg‘argan Gulruhbegim Tohirjonova qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 5,5 ochko to‘plagan Bahora Abdusattorova bronza medal bilan taqdirlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat bo‘yicha mamlakat chempionlari aniqlandi