O‘zA O`zbek

19.01.2018 23:38 Chop etish versiyasi

Shahramning ilk oltini

Shahramning ilk oltini Tunisda o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasida dunyoning 45 dan ziyod mamlakatidan 350 nafarga yaqin polvon g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashmoqda.

Musobaqaning birinchi kungi bellashuvlarida vazni 66 kilogrammgacha bo‘lgan polvonimiz Shahram Ahadov xalqaro turnirning oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Shahram finalga qadar sloveniyalik Andez Yarebni, ukrainalik Gevorg Xachatryanni, rossiyalik Isa Isayevni, chorak finalda misrlik Muhammad Abdulmavgudni mag‘lubiyatga uchratdi. U so‘nggi hal qiluvchi final bahsida yaponiyalik Taro Fujisakani yengib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.

Javohir Toshxo'jayev, O'zA
16 235